Tramp O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi mumkin

Tramp O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi mumkin

Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurish xohishi borligini ma’lum qilgan. Bu haqda AQSHning global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyuda gapirdi.

Zampollining ta’kidlashicha, Trampning ish grafigi juda band. Biroq AQSH prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatini bildirgan.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qilgan edi.

Ayni paytda Trampning O‘zbekistonga qachon kelishi bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q. Tashrif sanasi hozircha belgilanmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar