31 oktyabr kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

31 oktyabr kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zgidromet 31 oktyabr, shanba kuni Toshkent shahrida kuzatiladigan ob-havo prognozini ma’lum qildi.

Prognozga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Havo harorati kechasi 8–10 daraja, kunduzi esa 20–22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, shimolda ba’zi joylarda 2-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Sirdaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Kechasi va ertalab ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar