Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz, iliq ob-havo saqlanib qoladi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Prognozga ko‘ra, mamlakatning aksariyat hududlarida kechalari havo harorati 3–8 daraja iliq, kunduzi esa 15–20 daraja iliq bo‘ladi. Shimoliy hududlarda kechalari harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 12–17 daraja iliqni tashkil etadi.

Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Shimoliy hududlar va cho‘llarning ayrim joylarida shamol tezligi 13–18 metrga yetishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida 23–25-oktyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi.

Poytaxtda kechalari harorat 5–7 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi 23 oktyabrda 19–21 daraja, 24–25-oktyabr kunlari esa 17–19 daraja iliq havo kuzatiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar