Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Farmon imzoladi.
Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan Farmon 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam hisoblanadi hamda mohiyatiga ko‘ra O‘zbekistonning davlat va jamiyat qurilishida yangi sahifani ochib beradi.
O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilab berildi.
Birinchi yo‘nalish ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga bag‘ishlangan.
Ikkinchi yo‘nalish ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalarini, ularni amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohalarini aniqlashtirishni nazarda tutadi.
Uchinchi yo‘nalish iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sirni qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish hisoblanadi.
To‘rtinchi yo‘nalishda vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilgan.
Beshinchi yo‘nalish davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan.
Va nihoyat, so‘nggi oltinchi yo‘nalishda professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini o‘rnatish belgilangan.
Bundan tashqari, Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi normalarini amaliy ro‘yobga chiqarish bo‘yicha 40 dan ortiq aniq tadbirlarni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Farmonning to‘liq matni va unga sharh O‘zAda keltirilgan.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi