«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK KLIA Awards 2016 mukofotini qo‘lga kiritdi

1 daqiqa o'qish6.4K
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK KLIA Awards 2016 mukofotini qo‘lga kiritdi
Kuala-Lumpur (Malayziya) xalqaro aeroportining Sama Sama Hotel KL mehmonxonasida o‘n ikkinchi KLIA Awards mukofotining topshirilish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK «Yo‘lovchilar tashish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxshi xorijiy aviakompaniyasi» yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topildi, deb xabar berdi UzDaily.

Mukofotni «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK vakillariga Kuala-Lumpur shahrida Malayziya aeroportlari assotsiatsiyasi boshqaruvchisi Datuk Badlisham Gazali topshirdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekitonning milliy aviakompaniyasi Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib KLIA xalqaro aeroportiga Boeing 787 Dreamliner’i yordamida muntazam parvozlarni amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, KLIA Awards mukofotining topshirilish marosimi har yili Malayziya aeroportlari ma’muriyati — Malaysia Airports Holding Berhad tomonidan o‘tkaziladi.

Joriy yilda KLIA Awards 2016 mukofotini topshirish marosimida doimiy nomzodlardan tashqari bir nechta yangi aviakompaniyalar ham ishtirok etdi, jumladan, Himalaya Airlines, Thai Smile Airways, US Bangla Airlines, JC Combodia, Cathay Dragon hamda Batik Air Indonesia.

Shuningdek, KLIA Awards 2016 marosimida uchta yangi yo‘nalishlar ham joriy etildi — Markaziy Osiyoda sektorlar bo‘yicha (yo‘lovchi tashish) yil aviakompaniyasi, yilning eng yaxshi davlat agentligi, yilning eng yaxshi kichik va o‘rta korxonalari.

«Yilning eng yaxshi xorijiy avikompaniyasi» yo‘nalishi bo‘yicha mukofotni Emirates aviakompaniyasi, yuk tashish bo‘yicha esa Cathay Pacific Airways aviakompaniyasi qo‘lga kiritdi. AirAsia yana bir bor Low Cost Airline of the Year bilan taqdirlandi, «Yilning keng istiqbolli yangi xorijiy avikompaniyasi» mukofotiga VietJet Air, «Jadvaldagi parvozlarni eng yaxshi amalga oshirgan» mukofotiga esa Silk Air loyiq topildi.

Manba: Daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?