Bosh prokuraturaga yangi vazifalar yuklandi

1 daqiqa o'qish4.7K
Bosh prokuraturaga yangi vazifalar yuklandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, ayrim vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro intizomi nazoratini sifatli va samarali tashkil qilish, shuningdek, oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar hanuzgacha talab darajasida yoʻlga qoʻyilmayapti.

Prezident qarorlari va topshiriqlariga rioya etish masalalarida masʼuliyatsizlik va rasmiyatchilik holatlari uchramoqda, jamoatchilik nazoratini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi choralar samarasizligicha qolmoqda, ish yuritishning ichki jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrilmayapti, shuningdek, ijro intizomiga konservativ-buyruqbozlik bilan yondashilishiga yoʻl qoʻyilmoqda.

Qarorga muvofiq:

2019- yil 1 yanvardan boshlab respublika va hududlar darajasidagi majlis va yigʻilishlarni oʻtkazish, Prezident tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar bundan mustasno, faqatgina “Ijro.gov.uz” tizimidagi majlislar va yigʻilishlar maxsus markazlashgan maʼlumotlar bazasiga oʻtkazilayotgan tadbirning maqsadi, natijalari, ishtirokchilar tarkibi va davomiyligi koʻrsatilgan qaydlar kiritilganidan soʻng amalga oshiriladi;

Hisob palatasi Prezident qarorlari va topshiriqlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish borasida Prezident Administratsiyasi tuzilmalari va Bosh prokuratura bilan yaqindan hamkorlik qiladi;

Prezident qarorlari va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlari faqatgina Prezident ruxsati bilan Hisob palatasi bilan kelishilgandan soʻng uzaytiriladi.

Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan birgalikda majlislar va yigʻilishlarning “Ijro.gov.uz” tizimidagi markazlashgan maʼlumotlar bazasida qayd etilmagan holda oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?