«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi

1 daqiqa o'qish2.8K
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi
Xitoy tomoni bilan kelishilgan holda loyihaning amaliy masalalarini hal qilishni tezlashtirish yuzasidan vazirlar darajasida navbatdagi videokonferensiya aloqa shaklida onlayn uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Joriy yilning 1 iyul kuni O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘aniyev va Qirg‘iziston transport vaziri Janat Beyshenovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini jadallashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Barcha tomon uchun muhim bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirishda yo‘nalish marshrutlarini tanlash, texnik va moliyaviy shartlar bilan bog‘liq aniq masalalarni muhokama qilish uchun videokonferensiya aloqa shaklida uchrashuv o‘tkazish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Kelgusi haftada Xitoy tomoni bilan kelishilgan holda loyihaning amaliy masalalarini hal qilishni tezlashtirish yuzasidan vazirlar darajasida navbatdagi videokonferensiya aloqa shaklida onlayn uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, muloqot davomida Markaziy Osiyo va Osiyo–Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo aloqalarini oshirishda muhim bo‘lgan Lyanyungan – Lanchjou – Qashg‘ar – Irkeshtom – O‘sh – Andijon multimodal transport yo‘lagidan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Muloqot yakunida tomonlar Xitoy shaharlari, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bo‘ylab harakatlanayotgan, Xitoyning Irkeshtom shahridan O‘sh temiryo‘l stansiyasigacha yuklarni konteynerda yetkazish va bu yerda blok-poyezdlarni shakllantirgan holda so‘nggi manzilga yuk yetkazib berish zanjirining uzilishlarsiz faoliyat yuritishini tashkil qilish, transport vositalarining to‘siqlarsiz o‘tishini ta’minlashga kelishib olindi, deyiladi Transport vazirligi xabarida.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?