00:46 / 18.07.2020
3 277

O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 79taga yetdi. Haqiqiy raqamlar ko‘proq bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 79taga yetdi. Haqiqiy raqamlar ko‘proq bo‘lishi mumkin
Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun O‘zbekistonda yana 4 o‘lim holati qayd etilgani haqida xabar berdi. Endilikda jami o‘limlar soni 79tani tashkil etmoqda.
Birinchi o‘lim. 29 iyun kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan yunusobodlik 48 yoshli bemor vafot etdi.

Yunusobod tumanida yashagan 48 yoshli fuqaro T.Yo. (erkak) tana haroratining ko‘tarilishi sababli namuna topshirgan. Joriy yil 29 iyun kuni unda Covid-19 aniqlangan va yo‘tal, hansirash belgilari kuchayganligi sababli Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga miokard infarkti, Covid-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘ng o‘pka spontan pnevmotoraksi, nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Tekshiruvlar bemorda avvaldan bronxial astma kasalligi mavjud bo‘lganini ko‘rsatgan. Mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

So‘nggi kunlarda shifokorlar tomonidan standartlar asosida amalga oshirilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Ikkinchi o‘lim. 8 iyul kuni Toshkentdagi 1-son klinik shifoxonasiga yotqizilgan sergelilik 62 yoshli bemor vafot etdi.
Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi 62 yoshli N.A.da (ayol) joriy yil 8 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va shahar 1-son klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Kasallik o‘tkir nafas hamda yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Uchinchi o‘lim. 5 iyul kuni Toshkentdagi 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan yunusobodlik 55 yoshli bemor vafot etdi.
Yunusobod tumanida yashagan 55 yoshli fuqaro A.X. (erkak)da 5 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va u 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonada unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, markaziy nerv sistemasi intoksikatsiyasi kabi asoratlar bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

So‘nggi kunlarda hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida amalga oshirilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, u o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

To‘rtinchi o‘lim. 9 iyul kuni 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan 59 yoshli bemor vafot etdi.
Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 59 yoshli fuqaro B.S. (erkak)da 9 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va u 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Tibbiyot muassasasida unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, diabetik nefropatiya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, markaziy nerv sistemasi intoksikatsiyasi kabi asoratlar bilan kechgan.

Bemorda yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, koronar qon tomirlarni stentlashdan keyingi holat (2008, 2012 yillarda), gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Asosiy kasallik og‘ir kechishi va asoratlari hisobiga ahvoli keskin yomonlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramay, bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi sababli vafot etdi.

Shu tariqa, SSV statistikasiga bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 79taga yetdi. Ammo haqiqiy raqamlar rasmiy statistikadagidan ko‘proq bo‘lishi mumkin.

15 iyul kuni Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasining mas’ul xodimi Adhamjon Dehqonov 61 yoshida koronavirusdan vafot etgani xabar qilindi. Hozircha SSV bu o‘lim holatini rasman qayd etmagan.

17 iyul kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sanjar Abduqodirov 40 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U ham koronavirusga chalinish oqibatida vafot etgani gumon qilinmoqda.

Shuningdek, bugun rejissyor Sarvar Karimovning otasi 63 yoshida koronavirus infeksiyasidan vafot etgan, ammo undan koronavirusni aniqlash uchun test olinmagan, uning o‘limi statistikada qayd etilmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 79taga yetdi. Haqiqiy raqamlar ko‘proq bo‘lishi mumkin