Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Olimpik" (1:1) o‘yinidan so‘ng mehmonlar ustozi Timur Kapadze fikrlarini bildirdi.
- O‘yin haqida
- Qiziqarli o‘yin guvohiga aylandik. Kurashlar va imkoniyatlarga boy uchrashuv bo‘ldi. G‘alaba qozonishni istagandik, ammo durang o‘ynadik. "Metallurg"ning kuchli va kuchsiz taraflarini bilardik. Yigitlar raqibga imkoniyat bermaslikka harakat qilishdi. Umuman olganda, 1 ochko ham yomon emas. Endi e’tiborimizni keyingi bahslarga qaratamiz.
- "Olimpik" 7 kun ichida 3 ta muhim o‘yin o‘tkazdi. Jamoani bunga qanday tayyorladingiz?
- To‘g‘risini aytsam, bunga o‘rganib qoldik. U-23 Osiyo Kubogida ham zich taqvimda o‘yin o‘tkazdik, hozir ham. Qoldirilgan o‘yinlarda baribir qachondir o‘ynashimiz kerak. Imkon qadar rotatsiyaga qo‘l uryapman. Ba’zida jismoniy va ruhiy tomondan qiynalyapmiz. Chunki har bir o‘yinda qiyinchilik bo‘ladi. Umuman, hammasi yaxshi. Barchasi bizga katta tajriba bo‘lyapti. AGMK, "Metallurg", "Nasaf" va "Navbahor"... deyarli hamma liderlar bilan o‘yin o‘tkazishimizga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramasdan, yigitlarimiz o‘zini yaxshi tutishmoqda. Yaxshi o‘ynashyapti va kerak bo‘lsa ulardan ham ustun kelmoqda.
- Ruslan Jiyanovning o‘yini haqida fikringiz qanday? U-23 Osiyo Kubogidan keyin charchagandek...
- Buni kutsak bo‘lardi. Mashg‘ulotlarda yaxshi ko‘ringandi, ammo futbolchilarimiz Osiyo Kubogidan so‘ng ruhiy tarafdan ham charchashgan. Ruslanni yaxshi bilaman, u imkoniyatlardan unumli foydalanishni biladi, ammo bugun ko‘p vaziyatlarni yo‘qqa chiqardi. O‘ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda jismoniy holatini tiklab oladi. Uning potensialini yaxshi bilamiz. Umid qilamanki, buyog‘iga hammasi yaxshi bo‘ladi.
- Bosh hakam bir xil vaziyatda ikki xil qaror chiqardi. Masalan, Abror Toshqo‘ziyevga ikkinchi sariq kartochkani berib, maydondan chetlatishi kerak edi. Chunki o‘yin so‘ngida xuddi shunday holatda Muhammadaziz Ibrohimovga ikkinchi sariqni berib, maydondan chetlatdi. Bu borada qanday fikrdasiz?
- Albatta, Ibrohimov qizil kartochka olgani yaxshi bo‘lmadi. To‘g‘ri, u yerda so‘nggi umid foliga yo‘l qo‘yilgandi. Menimcha, birinchi taymda ham ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatilishi lozim edi. O‘ylaymanki, komissar va mas’ullar buni ko‘rib chiqishadi.
- Ertaga "ommaviy axborot vositalari kuni". Shu munosabat bilan ularga tilaklaringiz...
- Nima deymiz, omavviy axborot vositalari xodimlari sog‘-salomat bo‘lishsin. U-23 Osiyo Kubogida bir tan-u bir jon bo‘ldik. Muxlislar bilan ham, OAV bilan ham. Aslida hamisha shunday bo‘lishi kerak. Vatan jamoasi o‘ynaganda birlashishimiz lozim. Ular biz bilan bo‘lishgani uchun rahmat aytaman. Futbolimiz o‘sishida ularning hissasi katta. Tabriklayman! “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi