Shvetsiyalik chechen Hamzat Chimayevning Gilbert Byorns bilan to‘qnashuviga ham 3 oydan oshdi. Bu vaqt oralig‘ida Dana Uayt UFCning yangi yuziga aylanishi kutilgan yigitning keyingi raqibini e’lon qilgani yo‘q. UFC 273 musobaqasida yuz bergan voqea bunga turtki bergan bo‘lsa ajab emas. O‘sha oqshom Chimayev barcha singari oddiy inson ekanligi "fosh bo‘ldi".
U ko‘plab jangchilar ta’riflaganidek, super odam emas ekan. Braziliyalik jangchi bilan to‘qnashuv Hamzatning shu kunga qadar ochilmagan qirralarini ommaga namoyish etdi. To‘g‘ri, "Borz" jangdan so‘ng kuchsizlashgani yo‘q, ammo fanatlar armiyasida ikkilanish paydo bo‘ldi. Muxlislarni tushunish mumkin, Chimayev plankani shu qadar baland oldi-ki, so‘nggi jangida uni yarmiga ham yeta olmadi.
Hozir diviziondagi boshqa jangchilar undan qo‘rqmay qo‘ydi. Top-15ga endigina kirgan Mishel Pereyra hatto unga "vizov" tashlashga ham ulgurdi. Yaqindagina top-5dagi jangchilarning tushiga kirib chiqayotgan Hamzat allaqachon avvalgi obro‘sini yo‘qotdi. Ortda qolgan 3 oy davomida uning keyingi raqiblari borasida ko‘plab mish-mishlarga duch keldik.
Ayrim nashrlar uni Kolbi Kovington bilan to‘qnash kelishini taxmin qilgan bo‘lsa, boshqalar Neyt Dias, Belal Muhammad va Leon Edvardsni asosiy nomzod qilib ko‘rsatdi. Bu orada Hamzatdan media olamda ortda bo‘lgan Edvards titul uchun da’vogarga aylangan bo‘lsa, Belal Muhammad o‘zi singari mag‘lubiyat nima ekanligini bilmay kelayotgan Shon Bredi bilan jang qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Chimayev esa, barchasini indamay tashqaridan tomosha qilishga majbur bo‘lmoqda.
Yaqindagina falastinlik jangchi Hamzat tomonidan qoldirilgan tvitga javob qaytardi. Deyarli bir yarim oy avval yozilgan tvitda Chimayev yaqin kunlarda Dias bilan to‘qnash kelishi, keyin oktagonda Belal Muhammadning dodini berishini bashorat qilgan edi. U kulayotgan izoh orqali Chimayevning tvitiga reaksiya bildirdi.
Dana Uayt esa, UFCning yangi yulduzini kim bilan oktagonda to‘qnash kelishi borasida yakuniy qarorga kela olmayotganini tan oldi. Promoushen rahbari shvetsiyalik chechenni keskin tanqid qilmoqda:
"Hamzat bu boradagi fikrlarim to‘g‘ri ekanligini yana bir bor isbotladi. Yaqindagina u eng "och" jangchilarimdan biri edi. U 77-84-93 kg og‘irlikdagi jangchilar orasida tengsiz bo‘lmoqchi ekanligi qayta-qayta takrorlayotgandi. Bugun esa, katta pullar kelishi bilan mo‘min-qobil yigitga aylandi. To‘g‘risi, bilmadim. Hozircha, Hamzat borasida hech qanday rejam yo‘q".
Katta ehtimol bilan, Uayt shu yo‘l orqali Hamzatning gonorarini tushirmoqchi. Dana bir necha marotaba Chimayev uchun eng ideal raqib Kolbi Kovington ekanligini takrorlagan. Shunga qaramay, muammo aktualligini yo‘qotgani yo‘q. Agar Chimayev o‘zi uchun millionlarni so‘rashda davom etsa, promoushen rahbari "to‘nini teskari kiyib olishi" aniq. Munosabatlar o‘nglanmasa, Chimayev Byorns bilan revanshda ishtirok etishga majbur bo‘ladi.
Yoki Kamaru Usman bilan jangda yengilishi taxmin qilinayotgan Leon Edvards ham navbatdagi raqibga aylanishi mumkin. Umuman olganda, hozirgi variantlardan birortasi Chimayevni chempionlik kamariga yaqinlashtirmaydi. Aksincha, orqaga surib tashlashi mumkin. Bu vaziyatdan chiqib ketishni birgina yo‘li qoldi. U xam bo‘lsa, "borz"ning ko‘zlarida ko‘rinmay qolgan yovvoyi olovni tiklash! “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)