16:57 / 12.11.2022
719

Boks. Abdumalik Halokov Qozog‘iston vakilini mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylandi (video)

Boks. Abdumalik Halokov Qozog‘iston vakilini mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylandi (video)
Foto: ASBC
Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final bahslari 12 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.

-57 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Abdumalik Halokov finalda Qozog‘iston vakili Serik Temirjanovga qarshi ringga ko‘tarildi.

Birinchi raund 3:2 hisobida qozog‘istonlik bokschining hisobiga yozildi. Ikkinchi raundda Halokov to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi. Uchinchi raundni ham o‘zbekistonlik bokschi o‘z foydasiga hal qildi.

Yakunda Abdumalik 4:1 hisobi bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston hisobiga bitta oltin medalni yozdirib qo‘ydi.

Avvalroq Hasanboy Do‘stmatov qozog‘istonlik Saken Bibosinovni mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqqani xabar qilingandi.

Yana besh nafar o‘zbekistonlik bokschi 12 noyabr kuni finalda ishtirok etadi:

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev — Shiva Thapa (Hindiston) (16:30 dan so‘ng)
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov — Nurqanat Rayis (Qozog‘iston) (17:15 dan so‘ng)
-80 kg: Odiljon Aslonov — Husseyn Eyshaysh (Iordaniya) (17:30 dan so‘ng)
-92 kg: Madiyor Saidrahimov — Aybek Oralbay (Qozog‘iston) (18:00 dan so‘ng)
+92 kg: Lazizbek Mullajonov — Kamshibek Kunkabayev (Qozog‘iston) (18:15 dan so‘ng)

Abdumalik Halokov1, Boks1, Osiyo Chempionati1, Serik Temirjanov1, Final1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks. Abdumalik Halokov Qozog‘iston vakilini mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylandi (video)