18:51 / 18.02.2023
374

Ro‘ziqul Berdiyev: "Raqib qanchalik jiddiy bo‘lmasin, maydonda ijobiy natija uchun kurashamiz"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Raqib qanchalik jiddiy bo‘lmasin, maydonda ijobiy natija uchun kurashamiz"
Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Al Shabab" (Saudiya Arabistoni) – "Nasaf" uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa hujumchisi Husayn Norchayev qatnashdi.

"Barchaga salom. Xayrli kun. Birinchi marta raqib jamoa murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumanida qatnashdim. Qiziq bo‘larkan.

O‘yinga kelsak, buni uzoq kutdik, uzoq tayyorgarlik ko‘rdik. Bir nechta nazorat o‘yinlari tashkil qildik. Asosiysi, kayfiyatimiz yaxshi. Yigitlar ertangi bahsga tayyor. Jiddiy raqibga qarshi kerakli natija uchun kurashamiz
", – deya gap boshladi Ro‘ziqul Berdiyev.

"Hammaga salom. Bizni yaxshi kutib olishdi, bu uchun katta rahmat. Xudo xohlasa, ertangi bahsgacha o‘yinoldi mashg‘ulotimiz bor. O‘ylaymanki, jamoamiz uchrashuvga yuz foiz tayyor. Yurtimizga g‘alaba bilan qaytish niyatidamiz", – dedi Husayn Norchayev.

"O‘zbekistonda hali chempionat boshlanmadi. Aytib o‘tganimdek, nazorat uchrashuvlari orqali tayyorgarlik olib bordik. Har qanday holatda jamoamizda ustunlik taraflari bo‘ladi. Biz buni maydonda ko‘rsatishimiz kerak. Bu bosqichda oson raqib bo‘lmaydi. Bu OCHLdagi 8-o‘yinimiz bo‘ladi. Raqib qanchalik jiddiy bo‘lmasin, maydonda ijobiy natija uchun kurashamiz. Raqib o‘yinlarini ko‘rib chiqdik va yigitlarimizga yetarlicha axborot berdik. Raqibga albatta yuqori baho beramiz, Saudiya Arabistonining yetakchi jamoalaridan biri sanaladi. Biz jamoamizga ishonamiz va o‘z o‘yinimizni namoyish etishga urinamiz", – deya so‘zini yakunladi Berdiyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Raqib qanchalik jiddiy bo‘lmasin, maydonda ijobiy natija uchun kurashamiz"