Bugun tongda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, og‘ir vaznda UFC chempioni Djon Djons (27-1, 1NC) mashg‘ulotlar davomida jarohat olgan va uning 12 noyabr sanasidagi UFC 295: Jones vs. Miocic turnirida vaznning sobiq chempioni Stipe Miochichga (20-4) qarshi jangi bekor qilindi.
O‘z navbatida Stipe ham bu turnirda vaqtinchalik kamar uchun boshqa jangchiga qarshi jang qilish istagida emasligini bildirdi. Shundan so‘ng, tashkilot vaqtinchalik kamar uchun rossiyalik Sergey Pavlovich (18-1) va britaniyalik Tom Aspinell (13-3) ushbu turnirda jang qilishini ma’lum qildi.
O‘z navbatida dastlab turnir ko-meyniventi sifatida tasdiqlangan Irji Proxazka (29-3-1) va Aleks Pereyra (8-2) o‘rtasidagi yarim og‘ir vazn vakant kamari uchun titul jangi, endilikda, turnir meyniventi sifatida tasdiqlandi.
Demak, 12-noyabr sanasida bo‘lib o‘tadigan UFC 295: Prochazka vs. Pereira turniri to‘liq kardi bilan tanishing:
ASOSIY KARD
Irji Proxazka - Aleks Pereyra (yarim og‘ir vaznda chempionlik jangi);
Sergey Pavlovich - Tom Aspinell (og‘ir vaznda vaqtinchalik chempionlik jangi);
Djessika Andrade - MakKenzi Dyorn;
Pet Sabatini - Diyego Lopes;
Mett Frevola - Benua Sen-Deni.
PRЕLIM KARD
Djoshua Van - Kevin Borxas;
Mett Shnell - Stiv Erseg;
Djared Gordon - Mark Madsen;
Mateush Rebechki - Nurillo Aliyev;
Dennis Buzukja - Djamal Emmers;
Nazim Sadixov - Vyacheslav Borshev;
Tabata Richchi - Lupita Godinez;
Kyun-Xo Kang - Djon Kastaneda.