Qarshining “Nasaf” klubi bu yil o‘z oldiga jiddiy maqsad qo‘ygani hammaga yaxshi ma’lum. O‘tgan yili qator muvaffaqiyatlarga erishgan “Ajdarlar” endi chempionlik uchun astoydil kurashmoqchi. Bu yilda klub uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilyapti. Bosh murabbiy Ro‘ziqil Berdiyev o‘ziga ma’qul keladigan futbolchilarni “Nasaf”ga chorlay olyapti.
“Nasaf” kattaroq muvaffaqiyatlarni istayapti, bu albatta chempionlik. “Ajdarlar” chempionlik tashqari yutiladigan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan. Hozirga qadar eng katta natijasi sifatida 2011 yili qo‘lga kiritilgan OFK Kubogi eslanadi. O‘shanda jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlagan ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenkoni muxlislarimiz juda yaxshi eslashadi. Bir yil davomida qarshiliklar jamoasiga ustozlik qilgan. 2010 yili chempionatda bronza, 2011 yilda esa kumush medal qo‘lga kiritilgan.
Demyanenko hozirda Ukraina futbol federatsiyasida vitse-prezident sifatida ishlayapti. Ta’kidlash mumkinki, Anatoliy Vasilevichning faoliyatida yurtimizdagi, jumladan, “Nasaf”dagi hayoti eng yoqimli onlaridan biri bo‘lib qolgan.
Kuni kecha Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘rayev Demyanenko bilan bog‘landi. “Nasaf” klubining sobiq ustozi Qarshidagi faoliyatini hamon yoqimli xotiralar bilan esga olishini aytdi.
“Hammasi joyida, buni yaxshi eslayman. Shuningdek, ajoyib jamoa va jonkuyar prezident bilan birgalikda biz yaxshi natijalar qayd etish asnosida OFK Kubogi musobaqasida zafar quchgan edik”, - deydi Anatoliy Vasilevich.
“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev yaqinda shartnomasini uzaytirdi. U klubga sodiqligini allaqachon isbotlagan. Futbolchi sifatida faoliyatining asosiy qismini ushbu jamoada o‘tkazdi. Murabbiylikda ham xuddi shunday va bu jarayon davom etyapti. Yodingizda bo‘lsa, Ro‘ziqul Berdiyev Demyanenkoning murabbiylar shtabidan joy olgan va unga yordamchi bo‘lib, ko‘p narsalarni o‘rgangan. Ukrainalik murabbiydan keyin “Nasaf”ni faqat Berdiyev boshqarib kelayotganidan Demyanenko ham xursand. Chunki Ro‘ziqul Sa’dullayevich ko‘plab jamoaviy va individual yutuqlarni qo‘lga kiritib kelyapti.
“Ro‘ziqul Berdiyev yaxshi murabbiy va ajoyib inson. U murabbiy sifatida o‘sishda davom etmoqda va futbol qanday rivojlanayotganini diqqat bilan kuzatib keladi”, - deya u haqida fikrini izhor qildi, Demyanenko.
Shuningdek, Anatoliy Vasilevichdan “Nasaf” bilan aloqasi saqlanib qolganmi, o‘sha paytda qo‘li ostida to‘p surgan futbolchilardan kimlarni yaxshi eslashi va shuningdek, tez orada boshlanadigan Osiyo Kubogida milliy terma jamoamizning imkoniyati borasida ham so‘raganimizda quyidagicha javob qaytardi:
“Qachon gaplashganmiz? Hatto eslolmayman. Anchadan beri qo‘ng‘iroqlashganimiz yo‘q. Ixtiyorimda yaxshi jamoa bo‘lganini unutganim yo‘q. Hammani eslayman. Futbol - avvalo jamoaviy o‘yin. Unda faqat birgalikda natijalar qayd etish mumkin.
Terma jamoaga kelsak, rosti, ma’lumotlar kam, lekin terma jamoangizga Osiyo Kubogida omad tilayman! Musobaqani kuzatamanmi? Bilmadim, qani, ko‘ramiz”, - dedi Demyanenko.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”