23:30 / 19.03.2024
123

Maksim Shatskix: "Yosh futbolchilar har doim ham stabil o‘ynay olishmaydi"

Maksim Shatskix: "Yosh futbolchilar har doim ham stabil o‘ynay olishmaydi"
"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix Superligadagi starti haqida xulosa qildi. U "Paxtakor"ning natijalari haqida quyidagicha izoh berdi.

"Mavsum boshlanishidan avval yoshlar qanday o‘yin namoyish etishadi degan shubhali fikrlar yangrayotgandi. Biroq jamoamiz mavsumni ishonchli tarzda boshladi va natijalar bilan ko‘pchilikni hayron qoldirdi.

"Surxon"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdik va o‘z uyimizda "Nasaf"dan yaxshiroq o‘ynadik, ammo ustunligimizni hisobda namoyish eta olmadik. Ikki uchrashuvdan so‘ng, "Paxtakor" shunday ishonchli o‘yin namoyish etadi degan tuyg‘u paydo bo‘ldi, lekin yosh futbolchilar stabil o‘ynay olishmaydi. Bu fakt.

Hujumkor va jozibali o‘yinlardan keyin mantiqsiz va qiyin uchrashuvlar uchrab turadi. "Lokomotiv"ga qarshi kechgan bahs buni isbotlab berdi. "Temiryo‘lchilar"ga qarshi o‘yinda o‘yinimiz chiqmadi va barcha rejalarimiz teskarisiga amalga oshdi. Bunday omadsiz holatlar bo‘lib turadi. Bu tabiiy hol.

Xulosa chiqarib ishlashda davom etamiz. Biz mag‘lubiyat chog‘i aybdorni izlamaymiz. O‘sha kungi natijani esa oqlash niyatim yo‘q. Biroq "terma jamoa"chilar yig‘inlardan oldingi va terma jamoa yig‘inlaridan keyingi o‘yinlarni yaxshi o‘tkaza olmasligi tabiiy hol, lekin bu faktor biz uchun bahona bo‘la olmaydi.

Biz yigitlarga ishonishda va mehnat qilishda davom etamiz" - deya izoh qoldirdi Maksim Shatskix ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan birida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Yosh futbolchilar har doim ham stabil o‘ynay olishmaydi"