11:46 / 21.07.2024
85

Videobloger Jeyk Pol boks jangida Mayk Perrini nokautga uchratdi (video)

Videobloger Jeyk Pol boks jangida Mayk Perrini nokautga uchratdi (video)
Taniqli videobloger-bokschi Jeyk Pol bir oz avval yakuniga yetgan jangda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Jeyk AQSHning Florida shtatida Tampa shahridagi Amali-Arena'da o‘tgan prof boks oqshomining markaziy jangida sobiq UFC jangchisi, qo‘lqopli janglar yulduzi Mayk Perriga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jangning oltinchi raundida Pol nomdor raqibini nokautga uchratdi.

Shu tariqa, Jeyk Polning prof boksdagi g‘alabalari soni 10 taga yetdi, hisobida 1 ta mag‘lubiyat ham bor. Aslida Pol ushbu oqshomda afsonaviy Mayk Taysonga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo Maykning sog‘lig‘idagi muammo sabab ushbu jang kechroq muddatga qoldirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Videobloger Jeyk Pol boks jangida Mayk Perrini nokautga uchratdi (video)