
UFC prezidenti Dana Uayt 2025 yildan boshlab promouterlik faoliyatini proffessional boksgacha kengaytirmoqchi ekanini aytdi.
"Men 2017 yildayoq professional boksga kirib, Entoni Joshua bilan hamkorlik qilmoqchi edim. Lekin keyinroq barchasi o‘zgarib ketdi. Ehtimol o‘shanda buning fursati kelmagandir. Ammo hozir ayni payti. Men 2025 yil uchun reja tuzib chiqdim. Keyingi yil boksni yangi darajaga olib chiqaman", - deya Dana Uaytning so‘zlarini keltirdi MMA Fighting.
Ma’lumot uchun, Mayk Tayson va Teddi Atlas Uaytning boksda ishlashiga xayrxohlik bildirgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar