O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga loyiq topildi.
21 yoshli legionerimiz Osiyo futbol konfederatsiyasining nufuzli sovrini uchun kurashda yaponiyalik Gaku Navata va koreyalik Bae Jun Xoni ortda qoldirdi.
Bu muvaffaqiyatdan keyin Fayzullayevning Yevropa top chempionatlaridan biriga ko‘chib o‘tish imkoniyati yana keng tahlil qilina boshladi. Xususan, rossiyalik jurnalistlar Fayzullayev bilan suhbatda transfer bo‘yicha ham savol berdi.
— Nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdim. Bu mening oilam va O‘zbekiston uchun faxr-iftixor bag‘ishlaydi. Taqdimot marosimidan keyin onam bilan gaplashdim, u quvonchdan yig‘lar edi...
— O‘zingga bo‘lgan ishonch yanada ortganini his qilyapsanmi?
— Albatta. Bu odamning o‘ziga ishonchini oshirish bilan birga unga qo‘shimcha mas’uliyat ham yuklaydi. Men bunga tayyorman, maydonda o‘z ishimni har doim puxta bajarishga, borimni berishga harakat qilaman. Yanada o‘sish uchun to‘xtamayman.
— Muxlislar bu sovrindan keyin Fayzullayevning narxi yana bir million yevroga ko‘tarilishini aytib, hazillashyapti. Yevropaga ketish istagi bormi?
— Hozir bu haqida gapirishni istamayman. Chunki oldinda muhim uchrashuvlar bor. Ayni paytda mening SSKA bilan amaldagi shartnomam bor va men unga hurmat bilan qarayman. Lekin hamma narsa bo‘lishi mumkin va men hech narsani inkor qila olmayman. Hozir SSKAdaman va bu jamoa uchun kurashaman.
— Bosh murabbiy Marko Nikolich senga qanday talab qo‘yadi?
— Maydon markazida ko‘proq bo‘lish, chiziqlarni bog‘lash va hujumlarni rivojlantirishni tayinlaydi.
— O‘zingni SSKA yetakchisi deb his qilasanmi?
— Jamoada yaxshi o‘yinchilar juda ko‘p. Lekin men ham o‘zimni yetakchilardan biri deb bilaman. Har doim jamoaga yordam berishni va uning lideri bo‘lib qolishni istayman. Bizda bunaqa futbolchilar ko‘p. Ular qatoriga Ivan Oblyakov, Igor Diveyev, Rosha va Igor Akinfeyev kabilarni qo‘shish mumkin.
Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor”dan SSKAga 2023 yilning avgust oyida ko‘chib o‘tgan. 21 yoshli futbolichimiz ilk mavsumdayoq Rossiya Premer-ligasining asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etildi.
Ayni paytda hamyurtimizning transfer summasi 6 million yevroni tashkil qilmoqda va ko‘plab ekspertlar reyting yangilanganida bu ko‘rsatkich yanada oshishini ta’kidlayapti.
Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turgan Abbosbek Fayzullayevning “armiyachilar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Isroilga qurol sotishni to‘xtatish AQSH Senatida ko‘rib chiqiladi
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi