Mayk Tayson va Jeyk Pol o‘rtasidagi har biri ikki daqiqadan sakkiz raundga mo‘ljallangan boks jangi professional maqomga ega jang bugun, 15 noyabr kuni AQSHning Texas shtati, Arlington shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu qarama-qarshilik Netflix striming platformasi orqali translyatsiya qilindi.
8 raund davom etgan jangda bloger-bokschi Jeyk Pol to‘liq ustunlik qildi va afsonaviy bokschi ustidan g‘alaba qozondi. 58 yoshli Tayson jang davomida ko‘proq himoyalandi va faol zarbalarni amalga oshirmadi.
Shunday qilib Tayson faoliyatidagi 7-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Jeyk Pol esa o‘zining 11-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Shu yilning iyul oyida 27 yoshli Jeyk Pol sobiq UFC jangchisi Mayk Perrini oltinchi raundda nokautga uchratib, professional ringdagi o‘ninchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan edi.
58 yoshli Mayk Tayson o‘n besh yillik tanaffusdan so‘ng 2020 yilning noyabr oyida 54 yoshli kichik Roy Jonsga qarshi ko‘rgazmali boks jangini o‘tkazib, durang qayd etgandi.
Jeyk Pol 1997 yil AQSHning Ogayo shtatida tug‘ilgan. Professional boks bilan shug‘ullanuvchi bloger YouTubedagi kanali bilan mashhur. U platformadan eng ko‘p daromad oluvchi blogerlardan biri hisoblanadi.
Uning boksdagi faoliyati 2018 yil avgust oyida Deji Olatunji bilan o‘tkazilgan “white-collar” boks musobaqasida texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan holda boshlandi. Uning professional boksdagi debyuti 2020 yil yanvar oyida bloger Anesongibga qarshi bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik u sobiq basketbolchi Neyt Robinson, sobiq MMA jangchilari Ben Askren, Tayron Vudli (ikki marta), Anderson Silva va Neyt Dias, shuningdek, professional bokschilar Andre Avgust va Rayan Bourlandni mag‘lub etdi.
2023 yil fevral oyida Pol faol professional bokschi bilan ilk jangida Tommi Fyuridaga yutqazdi. 2021 yilda Pol o‘zining maslahatchisi Nakisa Bidarian bilan birgalikda Most Valuable Promotions nomli boks promoushen kompaniyasini va Jeffri Vu bilan birgalikda Anti Fund nomli investitsion kompaniyasini tashkil qildi.
Mayk Tayson — taniqli amerikalik bokschi va og‘ir vazn toifasida tarixdagi eng kuchli jangchilardan biri hisoblanadi. Uning boksdagi faoliyati 1980 yillar oxiri va 1990 yillar boshida eng yuqori cho‘qqisiga yetgan. Tayson professional ringda o‘zining kuchli zarbalari va agressiv jang uslubi bilan tanilgan. U 1986 yilda, atigi 20 yoshida, og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni bo‘lib, bunday yutuqqa erishgan eng yosh bokschiga aylangan. U WBC, WBA va IBF chempionlik kamarlarini birlashtirgan va “Dunyodagi eng qo‘rqinchli odam” laqabini olgan.
Mayk Tayson faoliyati davomida 58 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan (44 tasi nokaut bilan) va 6 tasida mag‘lub bo‘lgan edi va bugun 7-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi