
Barchaga ma'lumki, "Manchester Siti" qishki transfer oynasida ikki nafar yosh markaziy himoyachilarni sotib olayotgani haqida xabar tarqatilgan edi.
Mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "shaharliklar"ning yangi xaridi braziliyalik Vitor Reys yangi jamoasiga oʻtishni yakunlash uchun bugun Braziliyadan Angliyaga uchib boradi.
Vitor Reys Manchester shahriga oʻz agenti bilan birga keladi, chunki klublar 35 mln yevroga moʻljallangan shartnomaning barcha detallari borasida oʻzaro kelishuvga erishib boʻlishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!