UFC sobiq chempioni, amerikalik Demetrius Jonsonning Renato Moykano (20-5-1) va Islom Maxachev (26-1) jangi haqida gapirdi.
“Koʻpchilik kard yomonlashganini aytdi. Biroq men bu fikrga qoʻshilmayman. Oʻylashimcha, kard bundan ham yaxshilandi. Soʻnggi paytlarda Moykano nimalar qilib tashlaganini koʻrdingiz. U oxirgi 4 ta jangida ketma-ket gʻalaba qozondi. Shu bois mazkur bahs Maxachev uchun yanada qiyinroq boʻladi. Kurash qanday kechishini hech kim bilmaydi. Chunki Renato Islom uchun Tsarukyandan ham xavfli raqib" - dedi Demetrius Jonson oʻz blogida.
Eslatib oʻtamiz, kecha Arman Tsarukyan jarohati tufayli Islom Maxachevga qarshi jangdan bosh tortdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar