Ispaniya kubogi chorak finalidan oʻrin olgan "Leganes" - "Real" bahsida "qaymoqranglilar" zafar quchdi.
Dastlab, Modrich hisobni ochdi, oradan koʻp oʻtmay Endrik ham hisobiga bitta gol yozdirib qoʻydi. Shundan keyin Krus ikki marta javob qaytardi. Soʻnggi daqiqalarda 20 yoshli yarim himoyachi Garsiya gʻalaba golini urib ketdi.
Shu tariqa, "Real" Ispaniya kubogi yarim finaliga yoʻl oldi.
"Leganes" – "Real Madrid" 2:3
Gollar: 0:1 – 18 Modrich, 0:2 – 25 Endrik, 1:2 – 39, penalti Xuan Krus, 2:2 – 59 Xuan Krus, 2:3 – 90+3 Gonsalo Garsiya.
Leganes – Soriano, Altimira, Nastasich, Serxio Gonsales, Roze, Tapiya, Xuan Krus (Raba, 73), Oskar Rodriges (de la Fuente, 80), Neu, Brashanas, Diyego Garsiya (Chikko, 80).
Real Madrid – Lunin, Mendi (Fran Garsiya, 82), Ramon, Asensio, Valverde, Braim Dias, Tchuameni, Modrich, Rodrigo (Vinisius Junior, 46), Endrik (Gonsalo Garsiya, 82), Gyuler (Sebalos, 76).
Ogohlantirishlar: Serxio Gonsales (67), Ramon (79), Vinisius Junior (82), Modrich (87).
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar