
U-20 Osiyo kubogi 3-turidan oʻrin olgan ikkita uchrashuv yakuniga etdi. Xususan "B" guruhida Saudiya Arabistoni yoshlari KXDR ustidan 2:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Iroq esa Iordaniya bilan muroska koʻchasini tanladi - 0:0. Bu kvartetda Saudiya Arabistoni birinchi oʻrin bilan, Iroq ikkinchi oʻrin bilan keyingi bosqichga yoʻllanmaga ega chiqdi.
"B" guruhi
Saudiya Arabistoni - KXDR 2:1
Gollar: Saad Haqavi 51, Tamer Al Haybari 85 - Xan Jae Yong 28.
Iroq - Iordaniya 0:0

Kecha "A" guruhida Avstraliya mezbon Xitoyni 2:1 hisobida taslim qilgan boʻlsa, Qatar qoʻshnilarimiz Qirgʻizistonni 4:0 hisobida tor-mor etdi. Bu guruhda Avstraliya birinchi, Xitoy ikkinchi oʻrin bilan chorak finalga chiqqandi.
"A" guruhi
Xitoy - Avstraliya 1:2
Gollar: Kuai Jiven 29 - Medin Memeti 23, Lui Agosti 25.
Qirgʻiziston - Qatar 0:4
Gollar: Tahsin Muhammad 28, Muaz Ibrohim 45+5, Muhammad Xolid 55, Nureldin Ibrohim 83.

Shunday qilib chorak finalning dastlabki ikki juftligi hosil boʻldi:
Chorak final, 22 fevral
1. Avstraliya - Iroq
2. Saudiya Arabistoni - Xitoy
Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:30da Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Eronga qarshi guruh gʻolibini aniqlash uchun maydonga tushadi. Bu guruhdan keyingi bosqichga chiqqan ikki jamoa "D" guruhi vakillari bilan toʻqnash kelishadi. "D" guruhida 2-turdan keyin Janubiy Koreya (6 ochko) peshqadam, Yaponiya (4 ochko) ikkinchi oʻrinda, Suriya hisobida 1 ochko bor, Tailandda esa ochko yoʻq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar