22:02 / 01.03.2025
358

Rasman: Eldor Shomurodov — "Roma"ning fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi!

Rasman: Eldor Shomurodov — "Roma"ning fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi!
Foto: Getty images
«Roma» klubi fevral oyi yakunlariga ko‘ra, oyning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun ovoz berish yakunlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Eldor Shomurodov ilk bor Rim klubida oy futbolchisi deb topildi. O‘zbekistonlik hujumchi klub rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida 5 nomzod orasida eng ko‘p ovoz to‘plab, oy laureatiga aylandi. U Dibala, Anxelino, Chelik va Suleni ortda qoldirdi.

Eldor A Seriya 26-turida «Monsa»ga qarshi bahsda gol va assist qayd etib, tur ramziy jamoasidan o‘rin olgandi. O‘zbek hujumchisi ketma-ket o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.

Ma’lumot uchun, Eldor Rim klubidagi 4 yillik faoliyati davomida ilk bor oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport