2 151
Alisher Nikimbayev O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvi haqida qanday fikr bildirdi?

Bugun O‘zbekiston Milliy terma jamoasi "JCH-2026" saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs oldidan futbol jamoatchiligi, xususan, jurnalist, bloger va futbolchilarning fikrlari bilan tanishib chiqdik.
Quyida taniqli futbol eksperti Alisher Nikimbayevning fikrlarini e’tiboringizga havola qilamiz:
- Assalomu alaykum. O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvida taxminiy hisob 2:0 bo‘lsa kerak. Bu taktikani oldindan ham bilganmiz. Kapadze katta o‘zgarishlar qilmaydi, chunki sxemani o‘zgartirishga vaqti yo‘q. Jamoa dushanba kuni mashg‘ulotlarni boshlagan bo‘lsa, atigi 3 kun mashq qilgan, xolos. Shuning uchun Katanetsning eski taktikasi hisoblangan 3 ta markaziy himoyachi bilan o‘ynash ehtimoli yuqori. Lekin biroz bo‘lsa-da o‘zgarish bo‘ladi, biroq avvalgi taktika o‘zgarmaydi. Balki, o‘yin uslubi hujumkorroq bo‘lar.
- Bizning guruhdagi BAA va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi bahs haqida ham to‘xtalib o‘tmoqchiman. Biz birinchi navbatda o‘z bellashuvimizda g‘alaba qozonishimiz kerak. Ertaga BAAning qanday o‘ynashiga qarab fikr bildirsa bo‘ladi. Sababi, asosiy bahs bizning uchrashuvimiz. Ammo BAA - Eron uchrashuvining natijasi ham biz uchun juda muhim. Fikrimcha, Eron o‘z uyida muvaffaqiyatga erishadi. Agar ushbu bahslardan keyin 6 ochkolik farq yuzaga kelsa, Jahon chempionatiga juda yaqinlashamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar