“Paxtakor”da o‘zgarish: Ortiqxo‘jayev klubdan ketishi mumkin

Tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev “Paxtakor” klubi bilan hamkorlikni to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda klub xodimlari ma’lumotiga tayanib, Alisher Nikimbayev o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
Klub xodimlarining aytishicha, ushbu qaror ularga bugun, 24 avgust kuni ma’lum qilingan. Hozircha qarorning sabablari va klub boshqaruvida keyin qanday o‘zgarishlar bo‘lishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Alisher Nikimbayevga ko‘ra, Jahongir Ortiqxo‘jayevning “Paxtakor”dan ketishi avvaldan kutilgan voqea bo‘lgan. Biroq bu jarayon bunday qisqa muddatda amalga oshishi taxmin qilinmagan.
Ayni paytda “Paxtakor”ning keyingi rejalari qanday bo‘lishi noma’lum. Jamoa Elit Chempionlar ligasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazishiga taxminan uch hafta vaqt qolgan.































Izohlar 0
…