3 375
Jaloliddin Masharipov: "Nechta gol urishimizning farqi yo‘q, muhimi uch ochkoni qo‘lga kiritish edi"

Terma jamoamiz yetakchisi Jaloliddin Masharipov bugungi Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘tgan bahsdan so‘ng saytimizga kichik intervyu berdi.
"Oson o‘yin bo‘lmadi. Qirg‘iziston himoyaviy o‘yin namoyish etgani uchun, himoyani yorib o‘tish qiyin bo‘ldi. Masalan, Eronga qarshi o‘ynash osonroq bo‘lar edi. Raqibimiz butun jamoa bo‘lib himoyalandi. Ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik, ammo to‘p darvozaga kirmadi" - dedi Jaloliddin Masharipov bugungi bahs haqida.
- Muxlislar bugun ko‘proq gol kutishgan edi. Ko‘proq gol ura olmaganimizga nima sabab bo‘ldi?
- O‘yindan oldin yigitlar bilan qanday o‘yin bo‘lishidan qat’i nazar, g‘alaba qozonishimiz va uch ochkoni qo‘lga kiritishimiz kerakligi haqida gaplashdik. Hisob 1:0 bo‘lsa ham, g‘alaba qozonishimiz kerak edi. To‘g‘ri, muxlislar ko‘proq gol ko‘rishni istashadi, biroq muhimi g‘alaba qozonish edi. Nechta gol urishimizning farqi yo‘q, muhimi uch ochkoni qo‘lga kiritish edi.
- Sariq kartochka ishlab olgan vaziyatingiz haqida gapirib o‘tsangiz...
- Yiqilayotgan chog‘imda shu ishni bekor qildim, degan xayol keldi. Balki, bu ham yaxshilikkadir.
- Bo‘lajak raqibimiz Eron haqida gapirib o‘tsangiz...
- Biz Eron bilan tengma-teng o‘ynay olamiz. So‘nggi uch-to‘rt yil davomida buni isbotlab kelyapmiz. Avvalroq aytib o‘tganimdek, Eronga qarshi o‘ynash osonroq, sababi ular ham ko‘proq hujum qilishadi. Qirg‘iziston esa faqatgina himoyalandi. Eronga qarshi juda yaxshi uchrashuv bo‘ladi, deb taxmin qilmoqdaman.
- Eron bugun BAAga qarshi o‘yin o‘tkazdi. O‘yin davomida chiroq o‘chib qolgani sababli bahs ancha muddatga to‘xtatildi. Eron chempionatida ham bunday holatlar uchrab turadimi?
- Yo‘q. Bunday holat ro‘y bergani haqida birinchi marotaba eshityapman. Eron chempionatida bunday holatlar hozirgi kungacha ro‘y bermadi.
Jaloliddin Masharipov: "Nechta gol urishimizning farqi yo‘q muhimi uch ochkoni qo‘lga kiritish edi" Futbol
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar