
Britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirnning aytishicha, Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue o‘rtasidagi jang shu yilning sentyabr oyida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Buning uchun ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lib turgan yaponiyalik bokschi ham, WBA Interim chempioni Ahmadaliyev ham 4 may tongida Las-Vegas shahrida o‘tkaziladigan boks oqshomidagi o‘z janglarida g‘alaba qozonishlari talab etiladi. Inoue shu kuni amerikalik Ramon Kardenasga qarshi ringga ko‘tariladi. Hamyurtimizning esa raqibi hozircha tasdiqlanmagan.
"Biz Ahmadaliyev - Inoue jangi bo‘yicha muzokaralarni deyarli yakunladik. Jangning sentyabr oyida o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuvga erishdik. Biz rozi bo‘lgan taqdirdagina Inoue - Kardenas jangi mutlaq jahon chempionligi maqomida bo‘ladi. Chunki, Naoya navbatdagi jangini Ahmadaliyevga qarshi o‘tkazishi shart. WBA uning zimmasiga ana shu majburiyatni qo‘ygan. Agar jangdan qochsa, WBA chempionlik kamaridan mahrum etiladi.
Biz yaponiyalik bokschiga shu holatda ham imkoniyat beryapmiz. Sentyabrda Murodjonga qarshi ringga chiqish sharti evaziga Kardenas bilan jang qilishiga ruxsat beryapmiz. Bu bo‘yicha uning promouteri Xonda bilan ham kelishib oldik. Inoue - Ahmadaliyev jangi sentyabr oyida Yaponiyada o‘tkaziladi. Tez kunda jang bo‘yicha rasman shartnoma imzolaymiz" — deya Xirnning so‘zlarini keltirmoqda "BoxingScene".
Avvalroq, Murodjonning menejeri Vadim Kornilov Inoue — Ahmadaliyev jangi 14 sentyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar