
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Paxtakor" (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Bugungi raqibimiz kim ekanini yaxshi taniysiz. O‘yin oson o‘tmadi, kurashlarga boy bo‘ldi. Jamoaning har bir a’zosi jiddiy kurash olib bordi. Bugungi raqibimiz juda kuchli edi. Oson o‘yin o‘tkazmadik. Bundan tashqari bizda ketma-ket muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan keyin natija bosimi juda ortib ketgandi. "Sovuq bosh" bilan o‘ylab, barchasini tahlil qilib chiqdik. Har bir vaziyat uchun jiddiy kurashdik. Nihoyat g‘alaba qildik, 3 ochko oldik, bu boshlanishi bo‘ladi deb o‘ylayman. Katta natijalarimiz hali oldinda. Bugungi g‘alaba futbolchilarga qo‘shimcha motivatsiya va ishonch beradi.
- Endigini safga qaytgan Milan Mitrovich qaysi vaziyatda jarohat oldi?
- Mitrovich bugun o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. O‘yin epizodlaridan birida unda kichik muammo kuzatildi. Ayni damda uning holati haqida shifokorlar bilan suhbatlashamiz.
- Legionerlarning jismoniy holatidan qoniqish hosil qilyapsizmi? Sababi mavsum boshlanmasidan oldin jarohat va kasalliklar bo‘lgandi. Bugun esa ular asosiy tarkibda tushishdi...
- Har bir murabbiy o‘z jamoasida yo‘qotishlar bo‘lishini istamaydi. Barcha birdek o‘yinga shay bo‘lgani yaxshi albatta. Bizda 25 nafar teng kuchli futbolchi yo‘q. Yoshlar ham bor, kattalar ham. Ko‘rayotgan bo‘lsangiz, har bir uchrashuvda kamida 5 nafar yosh futbolchi bilan o‘ynayapmiz. Masalan, bugun Jorjevich va Doriyevlar jamoamizga katta samara keltirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar