
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2029 yilda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirokchi jamoalar sonini 48 tagacha ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri ishonchli manbalarga tayanib xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, agar 2025 yildagi klublar mundiali muvaffaqiyatli tarzda o‘tsa, turnir formatiga jiddiy o‘zgartish kiritish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Qayd etilishicha, hozirgi formatda Yevropaning faqatgina 12 jamoasiga ishtirok etish uchun imkon berilmoqda. Bu esa qit’aning eng kuchli klublari o‘rtasida keskin raqobatga va norozilikka sabab bo‘lishi mumkin.
FIFA va futboldagi boshqa manfaatdor tomonlar turnir formati va tuzilishi bo‘yicha so‘nggi qarorni 2025 yildagi chempionat yakunlangandan so‘ng qabul qiladi. 48 jamoadan iborat format nafaqat Yevropa, balki Janubiy Amerika, Osiyo va Afrika klublari uchun ham keng imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.
Qiziqarlisi shundaki, “Barselona”, “Arsenal”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Milan” kabi klublar allaqachon 2029 yilgi chempionatda ishtirok etish istagini bildirib ulgurishgan. Bu esa turnirning nufuzi va raqobat darajasi yanada oshishini anglatadi.
Agar FIFA ushbu g‘oyani amalga oshira olsa, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati nafaqat moddiy jihatdan, balki tomoshaboplik nuqtayi nazaridan ham yanada yirik va global musobaqaga aylanishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar