date

Gaiti muxlislari JChga bora olmaydi


AQSh hukumati tomonidan joriy qilingan safar cheklovlari sababli Gaiti milliy terma jamoasining ko'plab muxlislari Jahon chempionatiga bora olmaydi. Eslatib o'tamiz, Gaiti terma jamoasi 1974 yildan beri ilk bor mundialga yo'llanma oldi.

Iyun oyida AQSh prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 12 davlat fuqarolari uchun safar taqiqini e'lon qilgan edi. Ushbu ro'yxatga Gaiti ham kiritilgan.

The Athletic nashrining xabar berishicha, Gaiti fuqarolarining AQShga turli vizalar asosida kelib, belgilangan muddatdan ortiq qolishi bu qarorga sabab bo'lgan. Shuningdek, mamlakatda 2021 yilda prezident Jovanel Moizning o'ldirilishidan so'ng siyosiy inqiroz davom etmoqda.

Gaiti milliy terma jamoasi saralash bosqichidagi uy uchrashuvlarini boshqa davlatlarda o'tkazishga majbur bo'lgan. Masalan, Nikaraguaga qarshi hal qiluvchi o'yin Kurasao orolida bo'lib o'tdi va Gaiti ushbu o'yinda g'alaba qozonib, mundialga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Kurasao terma jamoasi ham tarixda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Ta'kidlash joizki, futbolchilarning AQShga kirishi bilan bog'liq muammo bo'lmaydi, chunki taqiq ayrim toifalarga qo'llanilmaydi.

Shunga qaramay, AQShda 850 ming kishilik Gaiti diasporasi bo'lgani sababli, terma jamoa muxlislarsiz qolmasligi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gaiti muxlislari JChga bora olmaydi