date

Snuker faxriylari ilk chempionatda kutilgan finalni yaratdi

Snuker faxriylari ilk chempionatda kutilgan finalni yaratdi

8–9 dekabr kunlari mamlakatimizda muhim sana — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Toshkent shahri yana bir sport bayramiga mezbonlik qildi. “Star Snooker” klubida faxriy snuker ustalari o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati o‘ziga xos ruhda, raqobatli va jonli muhitda o‘tdi.

Mazkur musobaqada tajribali snukerchi faxriylar 4 nafardan iborat ikki guruhga bo‘lindi: A va B. Birinchi kunning o‘zidayoq har ikki guruhda yetakchilar nomi aniqlanib, pley-off joylari uchun kurash ancha qizg‘in kechdi.

  • A guruhda Mirzajonov Sardor va Abdurasulov Boxodir o‘zlarini faol va ishonchli o‘yin bilan ko‘rsata oldi.
  • B guruhda esa Mahmudov Shavkat hamda G‘ulomov Hasan yaxshi natija qayd etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Musobaqaning ikkinchi kuni haqiqiy intrigaga boy bo‘ldi. Yarim finalda Sardor Mirzajonov — Hasan G‘ulomovga qarshi, Shavkat Mahmudov esa Boxodir Abdurasulovga qarshi xujumkor o‘yin namoyish qildi. Har ikki bahs ham nihoyatda mas’uliyatli va keskin o‘tdi.

Natijada finalga Sardor Mirzajonov va Shavkat Mahmudov yo‘l olib, chempionlik uchun bellashdi. Qat’iyat, tajriba va aniq zarbalar ustun kelgan hal qiluvchi bahsda S.Mirzajonov 2:0 hisobida zafar quchdi va O‘zbekistondagi birinchi faxriylar chempionatining tarixiy g‘olibi sifatida e’tirof etildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, bunday turnirlarni xalqaro Snooker Seniors Championship formatida doimiy ravishda tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilingani esa sport hamjamiyati uchun yana bir muhim yangilik bo‘ldi. Bu esa kelgusida mamlakatimizda snuker rivojiga yangi turtki berishi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Snuker faxriylari ilk chempionatda kutilgan finalni yaratdi