Milan A Seriyada 18 o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti

So'nggi uchrashuvlarda o'yini unchalik yorqin ko'rinmayotgan bo'lsa-da, «Milan» baribir natija olishda davom etmoqda: Massimiliano Allegri jamoasi A Seriyada ketma-ket 18 ta o'yinda yutqazmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mavsumning ilk turida «Kremoneze»ga mag'lub bo'lganidan keyin milanliklarni qiyin sinovlar kutdi, biroq ular har safar mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Xuddi shu ssenariy «Jenoa» va «Fiorentina»ga qarshi so'nggi bahslarda ham takrorlandi.
«Milan» bundan ham uzoqroq mag'lubiyatsiz seriyani oxirgi bor 2004 yilda qayd etgan — Karlo Anchelotti davrida jamoa 19 ta o'yin davomida yutqazmagan.
Shunga qaramay, bu oraliqda klub ikki bor mag'lub bo'ldi: avval Italiya Kubogida, keyin esa Superkubokda. Natijada «Milan» har ikki musobaqani ham muddatidan oldin tark etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!