Shevchenko Ukrainaga Rebrov bo'yicha yakuniy qarorni bildirdi

Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari, sobiq “Milan” va “Chelsi” hujumchisi Andrey Shevchenko milliy terma jamoa bosh murabbiyi Sergey Rebrovning kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shevchenko ta'kidlashicha, UAF hozircha murabbiyni almashtirish masalasini kun tartibiga qo'ymagan: Rebrov xotirjam tarzda ishini davom ettirishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Rebrov 2023 yildan buyon Ukraina terma jamoasini boshqarib kelmoqda.
“Sariq-ko'klar” JCh–2026 saralashidagi guruhida ikkinchi o'rinni egalladi va endi pley-off uchrashuvlarida maydonga tushadi. Ukrainaning ilk raqibi Shvetsiya terma jamoasi bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing