Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga murabbiy sifatida qaytadi

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Didye Deshamning o‘rnini egallaydi. 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. Madridning “Real” klubini boshqargan sobiq murabbiy yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatidan so‘ng “uchranglilar”ni qabul qilib oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu tariqa, Zidan besh yillik tanaffusdan keyin yana murabbiylik faoliyatiga qaytmoqda. Desham esa Fransiya terma jamoasini 2012 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda.
2026 yilgi mundialda fransuzlarning guruhdagi raqiblari Senegal va Norvegiya bo‘ladi, uchinchi jamoa esa pley-off o‘yinlari yakuniga ko‘ra aniqlanadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing