date

Laporta PSJ Yamol uchun 250 mln yevro taklif qilganini aytdi

Laporta PSJ Yamol uchun 250 mln yevro taklif qilganini aytdi

“Barselona” prezidenti Joan Laporta fransuzning “PSJ” klubi jamoa vingeri Lamin Yamolni sotib olishga uringanini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Laportaning aytishicha, parijliklar ikki yil avval Yamol transferi uchun 250 million yevro taklif qilgan, biroq katalonlar bu taklifni rad etgan. O‘sha paytda futbolchi 17 yoshda bo‘lgan va klubning qarorini ayrimlar “telbalik” deb baholagan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda yozdi.

Qayd etilishicha, 2025 yilda Yamol “Oltin to‘p” ovoz berishida ikkinchi o‘rinni egallagan.

Ispaniyalik futbolchining bozor bahosi 200 million yevroga teng deb baholanmoqda. Yamolning “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta PSJ Yamol uchun 250 mln yevro taklif qilganini aytdi