Argentina chempionati federatsiya mojarosi tufayli tanaffus oladi

Argentina chempionati bir haftalik tanaffus oladi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o‘tkaziladi. Bunga mamlakat futbol federatsiyasi atrofida navbatdagi korrupsiya mojarosi sabab bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
E’tiborlisi, 7 va 8-tur o‘yinlari belgilanganidek o‘tkaziladi, tanaffus esa aynan 5–8 mart kunlariga rejalashtirilgan 9-tur taqvimiga to‘g‘ri keladi. Bu 5 mart kuni AFA prezidenti Klaudio Tapia tribunal oldida javob berishi kerakligi bilan bog‘lanmoqda.
derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, sobiq futbolchilar va xodimlarga pensiya to‘lovlari bilan bog‘liq sxema orqali 19 milliard peso miqdoridagi soliqdan qochilgani aytilmoqda (Yevroda bu qariyb 12 million). Shuningdek, federatsiya tuzilmasi pul yuvish jarayonlarida ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi haqida gumonlar bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!