Galatasaroy va Fenerbahche futbolchilarini tikish uchun qamoq kutmoqda

Turkiyaning ikki grandi — Galatasaroy va Fenerbahche safida o'ynaydigan futbolchilar stavkalar bilan bog'liq ish bo'yicha qamoq jazosi olishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap Galatasaroy futbolchisi Metehan Baltachi va Fenerbahche sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Birinchisiga 13 yilgacha, ikkinchisiga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish ehtimoli bor.
Sabah nashri ma'lumotiga ko'ra, Baltachi kamida ikki marta Galatasaroy o'yinlariga pul tikkan. U uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo'lsa-da, jamoa qaydnomasida bo'lgan va bu holat futbolchiga natijaga ta'sir o'tkazish imkoniyati mavjudligini anglatadi.
Amaldagi Turkiya qonunchiligiga binoan, professional sportchi stavka qilayotganda bukmekerlarga o'z maqomini ma'lum qilishi shart edi, biroq futbolchi buni bajarmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!