Braziliyada futbol o'yini 23 ta qizil kartochka bilan tugadi (video)

1 daqiqa o'qish3.9K
Braziliyada futbol o'yini 23 ta qizil kartochka bilan tugadi (video)

Braziliyaning Mineyro shtati chempionati finali doirasida o'tgan "Kruzeyro" va "Atletiko Mineyro" jamoalari o'rtasidagi bahs futbol tarixidagi eng shov-shuvli voqealardan biriga aylandi. Uchrashuv "Kruzeyro"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan bo'lsa-da, o'yinning asosiy qismi emas, balki hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalardagi tartibsizliklar butun dunyo matbuoti e'tiboriga tushdi.

Mojaro mehmonlar darvozaboni Yeversonning seyvidan so'ng boshlandi. U to'pni egallab olgach, "Kruzeyro" yarim himoyachisi Kristian bilan to'qnashib ketdi va raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatib, tizasi bilan zarba berdi. Ushbu holat maydonda katta tortishuvni keltirib chiqardi. Vaziyat shunchalik keskinlashdiki, "Atletiko" hujumchisi Xalk ham janjalga aralashib, "Kruzeyro" xavbeki Lukas Romeroning boshiga zarba berdi. Maydondagi tartibsizlikni faqatgina politsiya xodimlarining aralashuvi bilan to'xtatishga muvaffaq bo'lindi.

Hakamlar brigadasi o'yin yakunida misli ko'rilmagan qarorga keldi. Garchi o'yin teng tarkibda yakunlangan bo'lsa-da, hakamlar janjalda ishtirok etgan jami 23 nafar futbolchini jazolashga qaror qildi. O'yin bayonnomasida 23 ta qizil kartochka qayd etilgani futbol olamida kamdan-kam uchraydigan holatdir. Ushbu voqea jamoalarning mavsumdagi omadsiz ishtiroki fonida yanada og'riqli qabul qilindi.

Ta'kidlash joizki, "Atletiko" ham, "Kruzeyro" ham Braziliya A Seriyasida 4 turdan buyon g'alaba qozona olmayapti. Ayni damda jamoalar turnir jadvalida mos ravishda 17 va 19 o'rinlarni egallab turibdi. Ushbu janjal klublarning ruhiy holatiga va kelgusi o'yinlariga qanday ta'sir ko'rsatishi muxlislarni xavotirga solmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?