Javohir Sindarov dunyoni hayratda qoldirmoqda: Karuana taslim etildi!

1 daqiqa o'qish2.6K
Javohir Sindarov dunyoni hayratda qoldirmoqda: Karuana taslim etildi!
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining 4-turida Fabiano Karuanani mag‘lub etib, 4 imkoniyatdan 3,5 ochko bilan yakka peshqadamga aylandi.
  • Ushbu g‘alaba unga 14.2 reyting ochkosini olib kelib, dunyo reytingida 6-o‘ringa ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
  • Sindarovning reytingi 2759.2 ochkoga yetib, faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
  • Shu tariqa, kuchli oltilikdan Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov joy oldi.

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan Nomzodlar turniri o‘zbek shaxmati uchun haqiqiy bayramga aylandi. Hamyurtimiz Javohir Sindarov jahon shaxmat tojining asosiy daʼvogarlaridan birini mag‘lub etdi.

Musobaqaning 4-turida oq donalarda harakat qilgan Javohir Sindarov turnir peshqadamlaridan biri, tajribali amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli kechgan intellektual jangda hamyurtimiz raqibini mot qilib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Yakka peshqadam va reyting rekordi

Ushbu g‘alabadan so‘ng Javohir 4 imkoniyatdan 3,5 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi. Ammo eng katta yangilik «Live Rating» jadvalida yuz berdi.

Karuana ustidan qozonilgan g‘alaba Javohirga 14.2 reyting ochkosini taqdim etdi. Natijada, Sindarov dunyo reytingida bir yo‘la 6 pog‘onaga yuqorilab, jahonning 6-raqamli shaxmatchisiga aylandi! Ayni damda uning reytingi 2759.2 ochkoni tashkil etmoqda, bu uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Kuchli oltilikda ikki o‘zbekistonlik

Quvonarlisi shundaki, dunyoning eng kuchli 6 nafar shaxmatchisi ro‘yxatida endi ikki nafar vakilimiz bor:

  • Nodirbek Abdusattorov — 2780.3 ochko bilan 4-o‘rinda;
  • Javohir Sindarov — 2759.2 ochko bilan 6-o‘rinda.

Javohir Sindarov dunyoni hayratda qoldirmoqda: Karuana taslim etildi!

Bunday natija o‘zbek shaxmati tarixida ilgari kuzatilmagan voqelik bo‘lib, mamlakatimizning "shaxmat davlati" sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi.

Futboldan shaxmatgacha zafarlar

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz nafaqat shaxmat taxtasida, balki yashil maydonlarda ham zafar quchishmoqda. Yaqindagina milliy terma jamoamiz Venesuelani mag‘lub etganida, Lotin Amerikasi nashrlari o‘zbek sportining qudratiga tan berishgan edi. Bugun esa navbat shaxmatga kelib, Sindarov jahon gigantlarini “taslim” qilmoqda.

Aziz o‘quvchilar, Javohir Sindarovning bunday shiddatli yurishini qanday baholaysiz? Sizningcha, u Nomzodlar turnirida g‘olib chiqib, jahon chempioni unvoni uchun kurashish huquqini qo‘lga kirita oladimi?

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?