date

Arbeloa “Bavariya”ga qarshi muhim o‘yin oldidan rotatsiyaga qo‘l urdi

Arbeloa “Bavariya”ga qarshi muhim o‘yin oldidan rotatsiyaga qo‘l urdi

“Real Madrid” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi chorak finali javob uchrashuvi oldidan “Bavariya”ga qarshi bahsga tayyorgarlik doirasida jamoaning ayrim futbolchilariga dam berishga qaror qildi.

Shu qarorga ko‘ra, La Liga doirasida "Real Madrid"ning “Jirona”ga qarshi o‘yini uchun eʼlon qilingan qaydnomada uch nafar asosiy himoyachi kiritilmadi. Ular qatorida Trent Aleksander-Arnold, Alvaro Karreras va Antonio Ryudiger bor.

Klub bu qarorni jismoniy yuklama va muhim Yevropa o‘yini oldidan asosiy tarkibni asrash strategiyasi sifatida baholamoqda. Mutaxassislar fikricha, bu rotatsiya Myunxendagi hal qiluvchi javob bahsiga maksimal tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.

"Real Madrid"ning “Bavariya”ga qarshi Chempionlar ligasi javob o‘yini 15 apreldan 16 aprelga o‘tar kechasi Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Ilk uchrashuvda madridliklar “Santyago Bernabeu”da 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Hozir jamoa oldida yagona maqsad — mehmonda vaziyatni o‘zgartirish va yarim finalga yo‘l olish.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa “Bavariya”ga qarshi muhim o‘yin oldidan rotatsiyaga qo‘l urdi