Muhammad Salah Liverpul rekordini yangilab Stiven Jerrarddan oʻzib ketdi

1 daqiqa o'qish236
Muhammad Salah Liverpul rekordini yangilab Stiven Jerrarddan oʻzib ketdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Angliya Premer-ligasining so'nggi turida Brentford jamoasiga qarshi bahsda ajoyib assist qayd etgan Muhammad Salah Liverpul tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi.
  • Misrlik futbolchi Curtis Jonesga uzatgan goli evaziga Premer-ligadagi assistlari sonini 93 taga yetkazib, klub afsonasi Stiven Jerrarddan o'zib ketdi.
  • Uchrashuvning 74-daqiqasida zaxiraga olingan hujumchi muxlislarning davomli qarsaklari ostida maydonni tark etdi.

Muhammad Salah Angliya Premer-ligasining soʻnggi turida Brentford jamoasiga qarshi bahsda ajoyib assist qayd etib, Liverpul tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi. Misrlik hujumchi ushbu koʻrsatkich boʻyicha klub afsonasi Stiven Jerrardni ortda qoldirib, oʻzining afsonaviy maqomini yana bir bor mustahkamladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uchrashuvning 74-daqiqasida zaxiraga olingan Salah muxlislarning davomli qarsaklari ostida maydonni tark etdi. Oʻyin davomida u Curtis Jonesga golli uzatma yetkazib berib, Premer-ligadagi assistlari sonini 93 taga yetkazdi. Muhammad Salah oʻng qanotdan markazga yorib kirib, oyoq tashqarisi bilan uzatgan pasini Jones darvozaga aniq yoʻlladi.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, Salah oʻyin davomida 69 marta toʻpga tegindi va 84 foizli aniq uzatmalarni amalga oshirdi. Shuningdek, u raqib darvozasiga toʻrt bor zarba berib, bir marta toʻsinni poylagan boʻlsa, yana bir marta xavfli vaziyat yaratdi. Ushbu durang natija Liverpul uchun kelasi mavsumda Chempionlar ligasi yoʻllanmasini naqd qildi.

Muhammad Salah Liverpul safidagi toʻqqiz yillik faoliyati davomida 442 ta oʻyinda maydonga tushib, 257 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. U jamoa bilan ikki bor Angliya Premer-ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi, Chempionlar ligasi va boshqa koʻplab sovrinlarga ega chiqdi. Shuningdek, u toʻrt marta Premer-liga oltin butsasini qoʻlga kiritgan.

Hozircha erkin agentga aylangan yulduzning keyingi manzili nomaʼlumligicha qolmoqda. U yaqin vaqt ichida bor eʼtiborini Misr terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga qaratadi. Shundan soʻng u Yevropa grandlari, Turkiya, Saudiya Arabistoni yoki AQSH klublaridan kelayotgan takliflarni koʻrib chiqishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?