O‘zbekiston futbolchilari Kanadada ibratli ish qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin maydon tashqarisidagi harakati bilan ham ko‘pchilik e’tiborini tortdi.
O‘yin yakunlangach, futbolchilar kiyinish xonasini tozalab, uni ozoda holda qoldirib ketgan.
Shuningdek, jamoa doskaga ingliz tilida «Mehmondo‘stlik uchun rahmat, Kanada! Jahon chempionatida omad tilaymiz!» mazmunidagi minnatdorlik yozuvini ham qoldirgan.
Ushbu harakat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq qarshi olindi. Ko‘plab muxlislar o‘zbek futbolchilarining tartib-intizomi, tozalikka munosabati va mezbonlarga bo‘lgan hurmatini yuqori baholadi.
Izohlarda O‘zbekiston xalqi va terma jamoasi haqida ijobiy fikrlar bildirilib, futbolchilarga Jahon chempionatida omad tilaganlar ham ko‘p bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘rtoqlik uchrashuvida Kanada terma jamoasi O‘zbekistonni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Ammo uchrashuvdan keyingi mazkur holat muxlislar orasida keng muhokama qilinmoqda.
































Izohlar 0
…