Mundialdagi ilk durang: Kanada so‘nggi daqiqalarda qutqarildi

1 daqiqa o'qish215
Mundialdagi ilk durang: Kanada so‘nggi daqiqalarda qutqarildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 13 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining "B" guruhi 1-turida Kanada hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoalari 1:1 hisobida durang o'ynadi.
  • Uchrashuvning 21-daqiqasida Yovo Lukich bosniyaliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, 79-daqiqada Kayl Larin hisobni tenglashtirib, kanadaliklarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
  • Shu tariqa, Kanada terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixidagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi.

13 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “B” guruhidan o‘rin olgan Kanada hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoalari o‘rtasidagi 1-tur bahsi yakunlandi. Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etdi. Shu tariqa mundialdagi ilk durang rasman ro‘yxatga olindi.

Toronto shahridagi “Bimo Fild” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsni argentinalik hakam Fakundo Telo boshqarib bordi. Uchrashuv davomida har ikki jamoa g‘alaba uchun kurashgan bo‘lsa-da, yakunda g‘olib nomi aniqlanmadi.

Hisob o‘yinning 21-daqiqasida ochildi. Bosniya va Gersegovina hujumchisi Yovo Lukich aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Kanada esa uchrashuvning so‘nggi qismida bosimni kuchaytirdi va 79-daqiqada Kayl Larin hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Uning goli kanadaliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bahsning 84-daqiqasida Bosniya va Gersegovina himoyachisi hamda jamoa sardori Sead Kolashinats jarohat sabab maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Shu bilan birga, Kanada terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.

Mazkur natijadan keyin Kanada va Bosniya va Gersegovina terma jamoalari bir ochkodan jamg‘arib, guruh jadvalida mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarda joylashdi. Guruhning yana bir bahsida Qatar va Shveytsariya terma jamoalari 13 iyun kuni tunda o‘zaro kuch sinashadi.

Keyingi turda Kanada 19 iyun kuni Qatarga qarshi maydonga tushadi, 24 iyun kuni esa Shveytsariya bilan bahs olib boradi. Bosniya va Gersegovina terma jamoasi 18 iyun kuni Shveytsariyaga qarshi o‘ynasa, 24 iyun kuni Qatar bilan to‘qnash keladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?