“Manchester Siti” bilan kelishuvdan keyin Husanov qancha maosh oladi?

1 daqiqa o'qish251
“Manchester Siti” bilan kelishuvdan keyin Husanov qancha maosh oladi?

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzoladi. Klub rasmiy xabariga ko‘ra, kelishuv 2031 yilgacha amal qiladi. Maosh miqdori rasmiy xabarda ochiqlanmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangilangan shartnomadan keyin o‘zbekistonlik himoyachining yillik maoshi 7,5 mln yevroni tashkil etishi mumkinligi aytilmoqda. Agar shu raqam asos qilib olinsa, bu taxminan 112,5 mlrd so‘mga teng bo‘ladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Husanov oyiga 625 ming yevro, ya’ni qariyb 9,38 mlrd so‘m olishi mumkin. Haftalik daromad 144 ming yevro, so‘mda esa taxminan 2,16 mlrd so‘m atrofida chiqadi.

Kunlik hisobda bu 20,5 ming yevro yoki 307,5 mln so‘mga yaqin summaga to‘g‘ri keladi. Soatbay hisoblaganda esa futbolchining daromadi 12,8 mln so‘m atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Hozircha bu raqamlar klub yoki futbolchining o‘zi tomonidan rasman tasdiqlanmagan. Aniq ma’lum bo‘lgani, Husanov “Manchester Siti” bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?