O‘zbekiston pley-offga chiqa oladimi? Barchasi so‘nggi turda hal bo‘ladi...

2 daqiqa o'qish629
O‘zbekiston pley-offga chiqa oladimi? Barchasi so‘nggi turda hal bo‘ladi...
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekiston milliy jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati hamon saqlanib qolmoqda.
  • Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa "K" guruhidan birinchi yoki ikkinchi o‘rin bilan chiqish imkoniyatini yo‘qotgan bo‘lib, endi faqat eng yaxshi uchinchi o‘rin sohiblari qatoriga kirish orqali 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin.

O‘zbekiston milliy jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati hamon saqlanib qolmoqda. Biroq «oq bo‘rilar»ning keyingi bosqichga yo‘l olishi uchun faqat g‘alabaning o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoa «K» guruhidan birinchi yoki ikkinchi o‘rin bilan chiqish imkoniyatini yo‘qotgan. Endi O‘zbekiston faqat eng yaxshi uchinchi o‘rin sohiblari qatoriga kirish orqali 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin.

Buning uchun milliy jamoa so‘nggi turda Kongo Demokratik Respublikasini mag‘lub etishi shart. Imkon qadar yirik hisobdagi g‘alaba muhim ahamiyat kasb etadi, chunki teng ochko to‘plangan taqdirda to‘plar nisbati hal qiluvchi ko‘rsatkichlardan biriga aylanadi.

Ayni vaqtda uchinchi o‘rinda borayotgan jamoalar reytingida Bosniya va Hersegovina 4 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Bosniyaliklar pley-off yo‘llanmasini kafolatlashga ulgurdi.

Keyingi o‘rinlarda 3 ochkodan to‘plagan Shvetsiya, Xorvatiya, Janubiy Koreya, Jazoir, Paragvay va Shotlandiya joylashgan. Kabo-Verde hamda Belgiyada 2 tadan ochko bor. Kongo Demokratik Respublikasi va Ekvador 1 ochkodan jamg‘argan bo‘lsa, Senegal hozircha ochko ololmagan.

O‘zbekistonning vazifasi juda aniq: Kongoni yengish va boshqa guruhlardagi natijalarni kutish. «Oq bo‘rilar»ning imkoniyati oshishi uchun uchinchi o‘rin uchun kurashayotgan bir qator raqiblar ochko yo‘qotishi yoki mag‘lub bo‘lishi kerak.

Uchinchi o‘rin uchun kurashayotgan jamoalarning so‘nggi turdagi o‘yinlari:

  • Yaponiya — Shvetsiya

  • Xorvatiya — Gana

  • Jazoir — Avstriya

  • Paragvay — Avstraliya

  • Kabo-Verde — Saudiya Arabistoni

  • Yangi Zelandiya — Belgiya

  • Kongo DR — O‘zbekiston

  • Ekvador — Germaniya

  • Senegal — Iroq

UCHINCHI O‘RINDAGI JAMOALAR RЕYTINGI

Ayniqsa, Shvetsiya, Xorvatiya, Jazoir va Paragvayning natijalari O‘zbekiston uchun katta ahamiyatga ega. Ushbu jamoalar ochko yo‘qotsa, «oq bo‘rilar» ularni quvib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kabo-Verde va Belgiyaning g‘alaba qozonmasligi ham O‘zbekiston foydasiga xizmat qilishi mumkin.

Ammo barcha hisob-kitoblardan avval Kannavaro jamoasi o‘z vazifasini bajarishi kerak. Kongo DRga qarshi durang yoki mag‘lubiyat pley-off umidlarini yo‘qqa chiqaradi. G‘alaba esa O‘zbekistonni mundialning keyingi bosqichiga olib chiqishi mumkin bo‘lgan murakkab, ammo real ssenariyni saqlab qoladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi taqdiri nafaqat o‘z qo‘lida, balki boshqa guruhlardagi so‘nggi tur natijalariga ham bog‘liq. Endi har bir gol, har bir ochko va hatto to‘plar farqi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?