Arsenal Maylz Lyuis-Skelli uchun aniq narx belgiladi

Arsenal Maylz Lyuis-Skellini yozgi transfer oynasida taxminan 45 million funt sterling evaziga sotishga tayyor va futbolchini Manchester Yunayted hamda Chelsiga taklif qilgan. Klub so‘nggi yirik xarajatlardan keyin moliyaviy balansni saqlash hamda transfer xarajatlarini qoplashni maqsad qilgan. O‘tgan mavsum 36 ta uchrashuvda maydonga tushgan Maylz Lyuis-Skelli chap qanot himoyachisi va markaziy yarim himoyachi sifatida o‘ynagan.
Londonning Arsenal klubi oʻzining istiqbolli tarbiyalanuvchisi Maylz Lyuis-Skellini yozgi transfer oynasida sotishga tayyor ekanligini bildirdi. The Guardian xabar qilishicha, shимолий London jamoasi soʻnggi yirik xaridlardan keyin moliyaviy balansni saqlab qolish maqsadida iqtidorli futbolchi uchun aniq narxni belgilagan va uni Angliya Premer-ligasining raqobatchilari — Manchester Yunayted hamda Chelfiga taklif qilgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Oʻtgan mavsum Mikel Arteta qoʻl ostida chempionlikni qoʻlga kiritgan yosh yarim himoyachi oʻtgan yozda besh yillik yangi shartnoma imzolagan edi. Biroq Nyukasldan Bruno Gimaraesning 75 million funt sterling evaziga sotib olinishi jamoada raqobatni keskin oshirib yubordi. Shu sababli, klub Maylz Lyuis-Skellini taxminan 45 million funt sterling evaziga sotishga tayyor va bu mablagʻ transfer xarajatlarini qoplashga yordam beradi.
Maylz Lyuis-Skelli atrofidagi transfer vaziyati
Futbolchi oʻtgan mavsum davomida oʻzining universalligi va irodasini yaqqol namoyish etdi. Rikardo Kalafiori jarohat olgan paytda u chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan boʻlsa, keyinchalik Martin Subimendining formasi pasayishi ortidan oʻzining sevimli markaziy yarim himoya pozitsiyasiga qaytdi. Mavsum davomida jami 36 ta uchrashuvda maydonga tushgan yosh oʻyinchi koʻplab grand klublar eʼtiborini tortdi.Manchester Yunayted bosh murabbiyi Maykl Karrik Lyuk Shouning jarohatlarga moyilligini inobatga olib, tarkibga chap qanot himoyachisini qoʻshib olishni istamoqda. Klub yozda Yuriy Tilemans va Andrey Santosni oʻz safiga qoʻshib olganiga qaramay, 45 million funtlik narx Manchester klubi uchun moliyaviy jihatdan muammo tugʻdirmaydi. Nyukasl himoyachisi Lyuis Holl ham qizillar nishonida turgan boʻlsa-da, Nyukasl uni sotish niyatida emas.
Transfer bozoridagi boshqa oʻzgarishlar
Nyukasl yozgi transfer oynasida bir qator yetakchilarini boy berdi. Xususan, Bruno Gimaraes, shuningdek, Sandro Tonali Tottenxemga va Entoni Gordon Barselonaga yoʻl oldi. Yangi bosh murabbiy Mattias Yaysle esa Lyuis Hollning jamoadan ketishiga qatʼiyan qarshi chiqmoqda. Shu boisdan ham Manchester Yunayted uchun Lyuis-Skelli varianti ancha real va qulay yechim sifatida koʻrilmoqda.Chelsi klubi ham futbolchining transfer bozoridagi holatidan xabardor qilingan. Maylz Lyuis-Skellining professional yondashuvi va maydondagi harakatchanligi ayniqsa Maykl Karrikda katta taassurot qoldirgan. 2030 yilga qadar amal qiladigan amaldagi shartnomasi borligiga qaramay, Arsenal moliyaviy barqarorlikni taʼminlash uchun ushbu transferni amalga oshirishga tayyor turibdi.






























Izohlar 0
…