Mixail Mudrik Chelsidagi kelajagi va ijara variantlari haqida qaror qildi

Mixail Mudrik ijara asosida jamoani tark etsa, Angliya Premyer-ligasida qolishni istamoqda. U taqiqlangan meldonium moddasi aniqlangani sababli deyarli ikki yil rasmiy o'yinlarda qatnasha olmaganidan so'ng Chelsiga qaytib, Xabi Alonso boshchiligidagi mavsumoldi yig'inlarida ishtirok etdi. Chelsea rahbariyati futbolchining to'liq o'yin amaliyotini tiklashi uchun uni ijaraga berish variantini ko'rib chiqmoqda.
Ukrainalik vinger Mixail Mudrik jamoaning yozgi transfer oynasidagi rejalari fonida oʻzining ustuvor yoʻnalishini aniq belgilab oldi. Futbolchi uzoq davom etgan tanaffusdan soʻng safga qaytdi va 2026-27 yilgi mavsumda oʻzining imkoniyatlarini toʻliq namoyish etishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Maʼlumki, vinger taqiqqa uchragan meldonium moddasi aniqlangani sababli deyarli ikki yil davomida rasmiy oʻyinlarda maydonga tusha olmagandi. Ushbu murakkab davrdan soʻng Mudrik «Stamford Bridge»ga qaytdi va Chelsebosh murabbiyi Xabi Alonso boshchiligidagi jamoaning mavsumoldi yigʻinlarida ishtirok etdi.
Maydonga qaytish va jismoniy holat
U Yuventus, Milan va Johor Darul Taʼzim jamoalariga qarshi bahslarda zaxiradan maydonga tushib, asta-sekin oʻyin amaliyotini tiklay boshladi. Biroq, shuncha vaqt rasmiy uchrashuvlarda qatnashmagani sababli, uning hozirgi jismoniy holati darhol asosiy tarkibda toʻliq oʻynash uchun yetarli emas.Chelserahbariyati futbolchining toʻlaqonli oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi uchun uni ijaraga berish variantini koʻrib chiqmoqda. Shu sababli Yevropaning bir qator klublari futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Mudrikning afzalligi va transfer bozoridagi vaziyat
Fabrizio Romano xabar berishicha, Mudrik agar ijara asosida ketadigan boʻlsa, Angliya Premyer-ligasida qolishni istamoqda. Uni oʻz safiga qoʻshib olishni istagan klublar orasida Italiya jamoalari hamda Chelseshirkatiga tegishli boʻlgan Strasburg bor.Shunga qaramay, futbolchining asosiy niyati Angliya chempionatida toʻp surishni davom ettirishdir. Xususan, Frenk Lempard boshchiligidagi Koventri Siti klubi ham vinger uchun daʼvogarlar qatoridan joy olgan.
Chelsebosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchining qaytishi borasida ehtiyotkorona fikr bildirib, uning ruhiy holati va jamoaga moslashish jarayoni muhimligini taʼkidladi. «Hammasi juda tez sodir boʻldi, shuning uchun asosiy eʼtibor insonning oʻziga qaratilishi kerak», — deya qayd etdi mutaxassis.






























Izohlar 0
…