Shomurodovning goli — Jahon chempionatlari tarixidagi noyob rekord (video)

1 daqiqa o'qish5.9K
Shomurodovning goli — Jahon chempionatlari tarixidagi noyob rekord (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o'tayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqich o'yinlari o'z yakuniga yetdi va FIFA guruh bosqichining eng chiroyli golini aniqlash uchun rasmiy so'rovnoma boshlanganini e'lon qildi.
  • Hamyurtimiz Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan goli JCH-2026 turnirida kutilgan gollar (xG) ko'rsatkichi bo'yicha atigi 0,013 ni tashkil etib, rekord natija sifatida qayd etildi.

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqich o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa tashkilotchisi — FIFA guruh bosqichining eng chiroyli golini aniqlash uchun rasmiy so‘rovnoma boshlanganini e’lon qildi. Pley-off yo‘llanmasini naqd qilgan va turnirni erta tark etgan yulduzlar orasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham bor!

Eng chiroyli gol muallifligiga 12 nomzod

FIFA ekspertlari tomonidan saralab olingan ro‘yxatdan dunyoning eng sara yulduzlari va kutilmagan kashfiyotlari joy olgan:

  • Eldor Shomurodov (O‘zbekiston)

  • Lionel Messi (Argentina)

  • Kilian Mbappe (Fransiya)

  • Vinisius Junior (Braziliya)

  • Jovanni Reyna (AQSH)

  • Ismoil Saybari (Marokash)

  • Feliks Nmecha (Germaniya)

  • Elaydja Jast (Yangi Zelandiya)

  • Kevin Pina (Kabo-Verde)

  • Karim Alaybegovich (Bosniya va Gersegovina)

  • Uilson Isidor (Gaiti)

  • Daizen Maeda (Yaponiya)

Shomurodovning goli — Jahon chempionatlari tarixidagi noyob rekord!

Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan goli nafaqat chiroyli, balki mundiallar tarixiga kiradigan darajada noodatiy bo‘lib chiqdi.

Mashhur OptaJose tadqiqot markazining tahlillariga ko‘ra, Eldorning zarbasi kutilgan gollar (xG — zarbaning golga aylanish ehtimolligi) ko‘rsatkichi bo‘yicha atigi 0,013 ni tashkil etgan. Bu degani — bunday nuqta va vaziyatdan berilgan 1000 ta zarbadan faqat 13 tasi gol bilan tugashi mumkin. Ushbu ko‘rsatkich JCH-2026 turnirida rekord natija sifatida qayd etildi!

Ovoz berish qanday o‘tadi?

Eng yaxshi gol egasini aniqlash to‘liq futbol ixlosmandlarining ixtiyoriga berilgan. Muxlislar FIFAning rasmiy saytidagi FIFAWorldCup bo‘limi orqali nomzodlarning gollarini videorolikda tomosha qilishlari va o‘zlariga ma’qul kelgan ijro uchun ovoz berishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayoni FIFA rasmiy platformasida bor-yo‘g‘i 48 soat davom etadi. Shundan so‘ng, ovozlar hisoblab chiqilib, guruh bosqichining eng chiroyli goli g‘olibi rasman e’lon qilinadi. Milliy jamoamiz sardorini qo‘llab-quvvatlash va tarixiy ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?