Belgiya Senegalni qo‘shimcha vaqtda mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

1 daqiqa o'qish225
Belgiya Senegalni qo‘shimcha vaqtda mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining nimchorak finalida Belgiya terma jamoasi Senegalni qo‘shimcha vaqtda 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Sietldagi stadionda o‘tgan uchrashuvda Senegal ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotgan edi. Belgiya asosiy vaqtning so‘nggi daqiqalarida hisobni tenglashtirdi, qo‘shimcha vaqt yakunida esa g‘alaba golini urdi.

Senegal 24-daqiqada Habib Dialloning golidan keyin hisobda oldinga chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Ismoilia Sarr raqib darvozasini ishg‘ol qilib, afrikaliklar ustunligini ikki to‘pga yetkazdi.

Belgiya uchrashuvning 86-daqiqasida Romelu Lukakuning goli bilan farqni qisqartirdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Yuri Tilemans hisobni tenglashtirdi va bahs qo‘shimcha vaqtga o‘tdi.

Uchrashuv taqdiri 120+5-daqiqada hal bo‘ldi. Belgilangan penaltini aniq bajargan Tilemans o‘zining ikkinchi golini urdi va Belgiyani chorak finalga olib chiqdi.

Belgiya o‘yin davomida raqib darvozasi tomon 21 marta zarba berdi, Senegal esa 19 ta urinishni amalga oshirdi. Darvozaga aniq zarbalar bo‘yicha Senegal 6:5 hisobida ustun keldi.

To‘p nazorati Belgiya foydasiga 53 foizga 47 foizni tashkil qildi. Belgiya 629 ta uzatma berib, ularning 89 foizini aniq bajardi. Senegal futbolchilari 553 ta pas uzatdi, aniqlik darajasi 86 foiz bo‘ldi.

Uchrashuvda Belgiya 21 marta, Senegal 11 marta qoida buzdi. Har ikki jamoa bittadan sariq kartochka oldi. Ofsaydlar soni 2:2 bo‘lgan bo‘lsa, burchak zarbalari bo‘yicha Belgiya 4:2 hisobida ustunlik qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?